Harbiylarga to‘lanadigan bir oylik ijara pullari qanchaga oshirildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
20 foizga
Harbiy
Harbiy xizmatchilarga to‘lanadigan ijara pullari qanchaga oshirildi / Foto: Mudofaa vazirligi / Harbiy xizmatchilari

9-aprel kuni harbiy xizmatchilarga turarjoyni ijaraga olganlik uchun to‘lanadigan oylik pul kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oshirildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

2024-yil 24-fevralda qabul qilingan prezident qaroriga ko‘ra, ushbu jarayon shu yilning 1-mart sanasidan amalga oshirilishi kerak edi. Kecha, 9-aprel kuni qabul qilingan hukumat qarori bilan endilikda kompensatsiya quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • Toshkent shahrida – BHMning 4,8 baravarigacha ( 1,8 mln so‘m);
  • Nukus shahri va viloyatlar markazlarida – BHMning 3,6 baravarigacha (1,35 mln so‘m);
  • Boshqa hududlarda – BHMning 2 baravarigacha (750 ming so‘m).

Shuningdek, 2025-yil 1-iyundan boshlab 10 yildan ortiq xizmat qilgan harbiy xizmatchilarga uy-joy sotib olish yoki qurish uchun ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal miqdori uy-joy qiymatining 35 foiziga teng etib belgilandi. Avval bu ko‘rsatkich 25 foiz edi.

Bundan tashqari, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va nogironligi bo‘lgan harbiylar uy-joy bilan birinchi navbatda ta’minlanadi. Agar ular uzoq muddatli imtiyozli ipoteka asosida uy-joy olgan bo‘lsa, ularning qaytarilmagan kredit qismi va foizlari Davlat budjeti hisobidan to‘liq qoplab beriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ayrim oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik moddiy yordam berilishi haqida yozgandi.

Shuningdek