
Hyundai Auto Asia Santa Fe va Tucson narxlarini vaqtincha arzonlashtirdi. Bu haqda Avtostrada nashri ma’lum qildi.
Yangi chegirmalar 2025-yil 8-apreldan e’lon qilindi. Taklif faqat 2025-yil avtomobillarining ko‘rgazma zallaridagi cheklangan soniga amal qiladi.
Santa Fe Calligraphy versiyasi 114,75 mln so‘mga arzonlashdi. Yangi aksiya narxi 722 mln so‘mdan boshlanadi. Tucson High-Tech 2WD versiyasi uchun 29,3 mln so‘m chegirma belgilandi. Ushbu model endilikda 499 mln so‘mga taklif qilinmoqda.
Santa Fe maksimal konfiguratsiyada va premium variantlarda taqdim etilmoqda. Model 2,5 litrli benzinli dvigatelga ega. U tabiiy aspiratsiyali yoki turboto‘ldirgichli bo‘lishi mumkin. To‘liq g‘ildirakli yurish tizimi, panoramali tom va raqamli orqa ko‘rish oynasi bilan jihozlangan.
Texnik xususiyatlar va variantlar | Calligraphy 2.5 GDI 6 o‘rin | Calligraphy 2.5 Turbo GDI 6 o‘rin |
Narxi (so‘m) | ||
Maxsus narx (so‘m) | 722 000 000 | 755 250 000 |
Dvigatel | 2.5 GDI | 2.5 Turbo GDI |
Yuritish turi | 4WD | 4WD |
Yonilg‘i turi | Benzin | Benzin |
Dvigatel hajmi (sm³) | 2497 | 2497 |
Eng yuqori tezlik (km/soat) | 198 | 210 |
Yo‘l balandligi (mm) | 177 | 177 |
Yoqilg‘i baki hajmi (litr) | 67 | 67 |
Yoqilg‘i sarfi (shahar / trassa / o‘rtacha) | 11.4 / 6.9 / 8.5 l | 13.3 / 7.0 / 9.3 l |
Maksimal quvvat (ot kuchi / aylanish/min) | 194 / 6100 | 281 / 5800 |
Aylanish momenti (Nm / aylanish/min) | 246 / 4000 | 422 / 1700–4000 |
O‘lchamlari (Uz x En x Balandlik, mm) | 4830 x 1900 x 1770 | 4830 x 1900 x 1770 |
G‘ildirak bazasi (mm) | 2 815 | 2 815 |
To‘liq og‘irligi (kg) | 1795 | 2040 |
Xavfsizlik tizimlariga qatorni ushlab turish va to‘qnashuv oldini olish kiradi. Shuningdek, atrofni ko‘rish tizimi va moslashuvchan kruiz nazorati ham mavjud. Ichkarida Nappa charm qoplamali salon, massajli o‘rindiqlar va Bose audiotizimi mavjud.
Simli va simsiz zaryadlash imkoniyati, old oynadagi proyeksiya displeyi ham taqdim etilgan. O‘zbekistonda Santa Fe ikki xil versiyada – atmosfera va turbo dvigatelli modelda mavjud. Biroq har ikkala variantda ham bir xil darajada jihozlash taklif etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Hyundai Qozogʻistonga $16 mlnlik «aqlli» sarmoya kiritgani haqida xabar bergan edi.