«Los-Anjeles – 2028»: futbol bahslari uchun yangi kvotalar belgilandi
eʼlon qilindi
Erkaklar uchun 12 ta jamoaga kvota ajratiladi

Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga tayyorgarlik davom etmoqda. Tashkilotchilar sport turlari bo‘yicha yangi aniqliklar kiritmoqda. Bu haqda Olympic.uz ma’lum qildi.
Futbol bahslarida erkaklar uchun 12 ta jamoaga kvota ajratiladi. Ayollar turnirida esa 16 ta terma jamoa ishtirok etishi mumkin.
Avvalgi Olimpiadada kvotalar teskari tarzda belgilangandi. Erkaklar uchun 16, ayollar uchun 12 jamoa ajratilgandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat figurali uchuvchilari qishki Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.