Mirziyoyev Toni Bler bilan sarmoya va sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

eʼlon qilindi
Uchrashuv 10-aprel kuni boʻlib oʻtdi
Shavkat Mirziyoyev
Mirziyoyev va Toni Bler bilan sarmoya va sunʼiy intellekt sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 10-aprel kuni Global oʻzgarishlar instituti raisi, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mirziyoyev va Bler institut va Toshkent oʻrtasidagi sarmoya va sunʼiy intellekt sohasidagi hamkorlikni muhokama qilgan. Sobiq bosh vazir Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.

Bler avval ham Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Oʻtgan yili u Oʻzbekiston prezidenti bilan transport logistikasini rivojlantirish va global toʻlov tizimlarini integratsiyalashuviga oid masalalarni muhokama qilgan edi. Bler boshchiligidagi institut ushbu tashabbuslarda yordam berishga tayyor.

Maʼlumot oʻrnida, Global oʻzgarishlar instituti 2016-yilda tashkil etilgan boʻlib, barqaror rivojlanish sohasidagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Oʻzbekiston va Vyetnam oʻrtasida madaniy-turistik almashinuvlar amalga oshirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek