Xavfsizlik

Oʻzbekiston IShID guruhiga qarshi koalitsiyaga a’zo boʻldi

AQSh Toshkentning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishini mamnuniyat bilan qarshi oldi
IShID
Oʻzbekiston IShID guruhiga qarshi koalitsiyaga aʼzo boʻldi

AQSh Davlat kotibi Mark Rubio Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov bilan uchrashuvda Toshkentning IShIDga qarshi kurash boʻyicha global koalitsiyaga toʻlaqonli a’zo boʻlishini olqishladi. Bu haqda AQSh davlat departamenti xabar bermoqda.

Rubio oʻzbekistonlik hamkasbiga AQShdan deportatsiya qilinganlarni qaytarishga yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirgan.

Shuningdek, tomonlar atom energetikasini modernizatsiya qilish va muhim foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.

«Strategik sheriklik doirasidagi yuqori darajadagi muloqot va amaliy hamkorlikni davom ettirish orqali ikki tomonlama munosabatlardagi ijobiy dinamikani qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldik», – degan Saidov.

Ma’lumot oʻrnida IShID guruhiga qarshi global koalitsiya 2014-yilda tuzilgan.Tashkilotning asosiy maqsadi IShIDga qarshi harbiy va moliyaviy kurash, razvedka ma’lumotlari almashinuvi, ekstremizmga qarshi kurashishdir.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Zambiya milliy assambleyasi kotibi Roy Mukoba Ngulube Toshkentga tashrifi chogʻida vafot etgani haqida yozgan edi.