Yangiliklar

2025-yildan boshlab davlat pulini boshqarishda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi

Davlat xarajatlari samaradorligi oshiriladi
budjet
Oʻzbekistonda budjet intizomini taʼminlash mexanizmlarini kuchaytiriladi / Foto: Unsplash

Davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlarni tizimlashtirish, budjet barqarorligini ta’minlash va intizomini kuchaytirish orqali budjet taqchilligini qisqartirib borish belgilandi. 2025 – 2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi tasdiqlandi.

Strategiyaning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

  • budjet intizomini ta’minlash mexanizmlarini kuchaytirish;
  • oʻrta muddatli budjetlashtirishda strategik ustuvorlikni ta’minlash;
  • davlat xaridlari va investitsiyalarning samaradorligini oshirish.

Tasdiqlangan strategiya besh yilga moʻljallangan boʻlib, unda ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha 16 maqsad belgilab olingan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 9-aprel kuni harbiy xizmatchilarga turarjoyni ijaraga olganlik uchun toʻlanadigan oylik pul kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oshirilgani haqida yozgan edi.