Oʻzbekistonda uch oyda 60 mingdan ziyod Chevrolet avtomobillari sotildi

10-aprel 2025 18:17 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir
Chevrolet
Oʻzbekistonda uch oyda 60 mingdan ziyod Chevrolet avtomobillari sotildi / Foto: ricochet69 / www.depositphotos.com

2025-yilning yanvar – mart oylari bo‘yicha Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarining mamlakat ichki bozori uchun umumiy sotuvi 75,3 mingdan ortiqni tashkil qildi. Bu haqda Uzavtosanoat axborot xizmati xabar berdi.

Yanvar-fevral oylarida bu ko‘rsatkich 50,3 mingtani tashkil etgandi. Bir oy ichida 25 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarilgan.

Unga koʻra, mazkur davrda UzAuto Motors tomonidan 40,9 mingta (54,3 foiz), Khorezm Auto 21,2 mingta (28,2 foiz), ADM Jizzakh 8,6 mingta (11,4%), BYD Uzbekistan Factory 4 mingta (5,4 foiz), Asaka Motors 316 ta (0,4 foiz), SamAuto 84 ta (0,1 foiz) va Jizzakh Auto 25 ta (0,03 foiz) avtomobillar ishlab chiqarildi.

Yanvar-fevral oylarida UzAuto Motors tomonidan 26,3 mingta, Khorezm Auto 15,1 mingta, ADM Jizzakh 5,7 mingta va BYD Uzbekistan Factory 2,8 mingta avtomobil ishlab chiqargandi.

Oʻzbekistonliklar orasida esa eng ommabop model Cobalt boʻlib, uch oy ichida 29 mingdan ortiq ushbu avtomobillar sotilgan. Shuningdek, yetakchi uchlikdan Damas (15,4 ming) va Tracker (7,1 ming) joy oldi. Shu yilning dastlabki ikki oyida ham eng ommabop model Cobalt boʻldi – 20,4 mingta sotilgan.

Yanvar – mart oylarida Chevrolet’ning 62,2 mingta, Kia 5,4 mingta, BYD esa 4 mingta, Chery 1,7 mingta va 1,4 mingta Haval avtomobillar sotilgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda Cobalt avtomobilini ishlab chiqarish 21,1 foizga oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek