
Nikohni bekor qilish jarayonida oiladagi zoʻravonlikdan jabrlanuvchining arizasi boʻlsa, sud taraflarni yarashtirish uchun muddat belgilamaydi. Oila kodeksiga oʻzgartirish kiritildi.
Nikohni bekor qilishda oiladagi zoʻravonlikdan jabrlanuvchining arizasi boʻlsa, sud taraflarni yarashtirish uchun muddat belgilamaydi.
Joriy yilning fevral oyida Oliy Majlis Senati Oila kodeksiga oiladagi zoʻravonlik sababli ajrimlarda yarashuv muddatini olib tashlashni nazarda tutuvchi oʻzgartishlarni ma’qullagan edi.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning yanvar – noyabr oylarida Oʻzbekiston boʻylab 246 979 ta nikoh holati FHDYO organlarida qayd etilgani haqida yozgan edi.