Yangiliklar

Olimpiya shaharchasida yer osti tunneli qurilishi munosabati bilan yo‘l yopiladi

2025-yil 13-apreldan boshlab 1-sentabrga qadar
Olimpiya shaharchasida yer osti tunneli qurilishi munosabati bilan yo‘l yopiladi / Foto: Wikipedia

Yangi O‘zbekiston shohko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 13-apreldan boshlab, 1-sentabrgacha Olimpiya shaharchasi hududida yer osti tunneli qurilishi ishlari olib boriladi. Shu sababli CAEX ko‘rgazma majmuasidan Yangi O‘zbekiston bog‘i kiraverishigacha bo‘lgan yo‘l qismi yopiladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Barcha haydovchilardan vaqtincha noqulayliklarni inobatga olib, harakatlarini oldindan rejalashtirish so‘raladi.

Toshkent shahar hokimligi qurilish yakunlangach ushbu hududda transport harakati yanada qulay va xavfsiz bo‘lishini ta’minlashini ta’kidlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Xitoydan Yevropaga yuk tashishda muhim trans-magistral markazga aylanishi haqida yozgan edik.