Olmaota va Ostona aeroportlari mintaqada eng yaxshisi deb topildi

Skytrax World Airport Awards 2025 reytingi e’lon qilindi. Unda Olmaota aeroporti Markaziy Osiyo va MDHda birinchi bo‘ldi. Ostona aeroporti esa reytingda ikkinchi o‘rinni egalladi.
Olmaotadagi yangi terminal ham alohida e’tirof etildi. U «Dunyodagi eng yaxshi yangi terminal» deb tan olindi. Bu xalqaro miqyosdagi muhim yutuq sifatida baholandi.
Reytingda Toshkent aeroporti ulardan keyingi o‘rinda qayd etildi. Shuningdek, Kishinyov, Yerevan, Atirau va Ashxobod ham reytingga kiritilgan.
Biroq har ikkala Qozog‘iston aeroporti kuchli 100 talikka kira olmadi. Hozircha ular faqat mintaqaviy mezonlarda yetakchilik qilmoqda.
Dunyo bo‘yicha eng yaxshi aeroport yana Singapurdagi Changi bo‘ldi. Bu aeroport ketma-ket bir necha yildirki, birinchi o‘rinda qolmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent aeroportida yangi yuk terminali ochilgani haqida xabar bergan edi.