Prada $1,375 milliardga Versace’ni sotib oldi

10-aprel 2025 19:32 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Prada $1,375 milliardga Versace’ni sotib oldi / Foti: Yenibakis

Prada mashhur italyan brendi Versace’ni Capri Holdings’dan sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bitim qiymati 1,375 mlrdni tashkil etadi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu orqali Prada hashamatli moda bozori sekinlashayotgan bir vaqtda o‘z ta’sir doirasini kengaytirmoqchi.

Versace so‘nggi yillarda moliyaviy yo‘qotishlar bilan ishlayotgan bo‘lsa-da, uning jasur va barokko uslubidagi dizayni Prada’ning minimalist uslubiga yangi mijozlarni jalb qilishi kutilmoqda.

«Biz Versace merosini davom ettirib, uning o‘ziga xos estetikasi va jasoratini zamonaviy talqinda saqlab qolishni istaymiz», – dedi Prada rahbari Patrizio Bertelli.

Bu bitim Fransiyaning yirik konglomeratlariga qarshi Italiya pozitsiyasini mustahkamlashi kutilmoqda. Shu bilan birga, Donatella Versace 28 yillik faoliyatdan so‘ng bosh dizaynerlik lavozimini tark etdi.

2018-yilda Capri Holdings Versace’ni $2,15 mlrdga (qarzlar bilan birga) sotib olgan edi. Yangi bitim esa ancha arzon narxda amalga oshdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Valentino jamoat xojatxonasida modalar namoyishini o‘tkazgani haqida yozgan edik.

Shuningdek