Shomurodov «Roma» bilan shartnomasini 2027-yilning yozigacha uzaytirdi

10-aprel 2025 11:23 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Foto: Calciomercato

Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov «Roma» klubi bilan yangi shartnoma imzoladi. Calciomercato nashri xabariga koʻra, futbolchi Rim klubi bilan amaldagi shartnomasini yana bir yilga uzaytirishga kelishib olgan.

Shomurodov, shuningdek, Rimda qolish uchun oʻzining maoshi kamayishiga rozi boʻlgan. Biroq yangi shartnoma asosida uning maoshi haqida aniq ma’lumotlar oshkor etilmagan.

Joriy mavsumda «Roma» safida 30 ta oʻyinda maydonga tushgan E. Shomurodov 6 gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarktʼdagi qiymati 4 million yevroga baholangan. Shomurodovning amaldagi shartnomasi 2026-yil yozigacha moʻljallangan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shomurodovning goli «Roma»ni magʻlubiyatdan qutqarib qolgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek