Toshkentda Zeekr 001 zaryad vaqtida yonib ketdi

10-aprel kuni soat 07:30 da Chilonzor tumanida yong‘in yuz berdi. Zeekr 001 rusumli elektromobil «Tok Bor» stansiyasida zaryad olayotgan edi. Mashina Furqat ko‘chasida quvvat olayotganda yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi.
O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 5 daqiqada yetib borgan. Soat 08:28 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Mutaxassislar yong‘in sababi haqida xulosa berdi. Yong‘in avtomobil akkumulyatoridan boshlangan, deyiladi rasmiy xabarda. Yaxshiyamki, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shimcha ma’lumot berdi. Elektr transport vositalari alohida o‘chirish usullarini talab qiladi. Bunday yong‘inlar uzoq davom etishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chorsudagi do‘konlardan birida kuchli yong‘in chiqqani haqida xabar bergan edi.