
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Malibu, Traverse va Tahoe modellarining jismoniy shaxslar uchun sotuvini toʻxtatdi. Ushbu modellar UzAutoSavdo rasmiy platformasida mavjud emas.
Kursiv Uzbekistan bu masala boʻyicha UzAuto Motors matbuot xizmati bilan bogʻlandi. Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur modellar uchun shartnomalar yaqinda ochiladi.
«Soʻrovda qayd etilgan avtomobil modellari boʻyicha toʻliq hajmda kontraktatsiya qilingan. Yaqin vaqt ichida mazkur modellar boʻyicha qoʻshimcha hajmlar sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Sotuv jarayonining boshlanishi haqida qoʻshimcha ma’lumot “UzAuto Motors» AJning rasmiy axborot kanallari orqali e’lon qilinadi”, – deyiladi kompaniya munosabatida.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Tracker narxi qanchaga oshgani haqida yozgan edi.