Volkswagen Touareg Ruiying Edition haqida nimalar ma’lum

10-aprel 2025 07:55 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Volkswagen Touareg Ruiying Edition haqida nimalar ma’lum / Foto: Volkswagen

Xitoyda Volkswagen Touareg’ning yangilangan Ruiying Edition modeli rasman taqdim etildi. Bu haqda Auto Home nashri ma’lum qildi.

Foto: Volkswagen

Unga ko‘ra, ushbu versiya 2,0 litrli benzin dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, 265 ot kuchiga ega. Dvigatel 8 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi va Volkswagen’ning 4Motion to‘liq yetak tizimi bilan birga ishlaydi. Krossover 0 dan 100 km/soat tezlikka atigi 6,8 soniyada chiqadi.

Foto: Volkswagen

Touareg Ruiying Edition ichki qismida Innovision Cockpit tizimi bilan ajralib turadi. Bu tizim 15,05 dyuymli sensorli ekran, kengaytirilgan ulanish imkoniyatlari va foydalanuvchiga qulay boshqaruv imkonini beradi. Shuningdek, avtomobil 12 dyuymli raqamli asboblar paneli va proeksion displey bilan jihozlangan. Tizim havodan avtomatik yangilanishni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Volkswagen

Tashqi ko‘rinishida esa yangi radiator panjarasi, xromli elementlar, sport uslubidagi bamperlar va 19 dyuymli ko‘p spitsa g‘ildiraklar bilan zamonaviy dizayn taqdim etilgan. Avtomobil matritsali LED faralar, burilish chiroqlari va Follow me home funksiyasi bilan to‘liq yoritish tizimiga ega. Eng qiziqarli yangiliklardan biri – old va orqa tarafdagi yoritiluvchi Volkswagen logotiplari.

Foto: Volkswagen

Volkswagen Touareg Ruiying Edition Xitoy bozorida 559 ming yuan, ya’ni taxminan $76 ming baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toyota Camry 2025 modeli haqida yozgan edik.

Shuningdek