Xitoy AQShdan neft sotib olishni toʻxtatadi

eʼlon qilindi
Sabab AQShning yirik bojlari
Neft
Xitoy AQShdan neft sotib olishni toʻxtatadi / Foto: Maria Lupan / Unsplash

Donald Trampning bojlari tufayli Xitoy Amerika neftining xaridini pasaytirdi. Bugungi kunda Xitoyning AQSh neftini import qilish koʻrsatkichi 1 foizni tashkil etdi. Bloomberg nashrining yozishicha, bu tez orada butunlay toʻxtaydi.

Bugungi kunda Xitoyning Amerika tovarlariga import bojlari 84 foizga tashkil etmoqda. AQSh esa bu koʻrsatkichni 125 foizga yetkazgan. Savdo urushi fonida ikki mamlakat hamkorlarini oʻzgartiradi. Yevropa va Kanada ham Xitoy bilan savdo aloqalarini kuchaytirishi mumkin.

Xitoyning AQSh neftini taqiqlashi Yaponiya va Hindiston uchun manfaatli boʻlishi kutilmoqda. Xitoy esa Eron va Rossiya neftini sotib olishni keskin koʻpaytirishi mumkin.

Ma’lumot oʻrnida Xitoy 2024-yilda AQShdan $17,6 mlrd qiymatdagi neft va gaz importini amalga oshirgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri AQSh prezidenti Donald Tramp tariflari uch oyga toʻxtatilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek