Xitoy bilan vizasiz rejim bo‘yicha muzokaralar davom ettirilmoqda — TIV
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Avvalroq muzokaralar to‘xtatilgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi
                    
                            
Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoy bilan vizasiz rejim bo‘yicha muzokaralar to‘xtagani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Tashqi ishlar vazirligi vaziyatga izoh berdi.
«Tomonlar ichki davlat proseduralarini yakunlash bosqichida. Keyinchalik 30 kungacha amal qiladigan vizasiz rejim joriy etiladi» , — deya ma’um qildi vazirlik matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga.
Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili 18 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar Xitoyga dam olish uchun borgan. Shu davr mobaynida Xitoydan kelgan sayohatchilar soni 74,3 mingdan oshdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy kompaniyasi Farg‘onada $120 millionlik zavod qurishi haqida xabar bergan edik.