YChL. «Barselona»dan yirik g‘alaba, «PSJ» esa irodali kambek namoyish etdi

10-aprel 2025 10:09 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
«Barselona»dan yirik gʻalaba, «PSJ» esa irodali kambek evaziga gʻalaba qozondi. Foto: AS

UEFA Chempionlar ligasi chorak final bosqichining dastlabki uchrashuvlari 9-aprel kuni boʻlib oʻtdi. Unda «Barselona» oʻz maydonida «Borussiya Dortmund»ni yirik hisobda magʻlub etgan boʻlsa, Parijda «PSJ» va «Aston Villa» oʻrtasida keskin va dramatik bellashuv boʻldi.

Kataloniyada oʻtgan bahsda mezbonlar toʻliq ustunlikni qoʻlga kiritdi. Uchrashuvning 25-daqiqasida Rafinya hisobni ochdi. Ikkinchi boʻlimda esa Robert Levandovski ikki bora raqib darvozasini ishgʻol qilib, dublga erishdi. Yakuniy natijani 77-daqiqada yosh iqtidor Lamin Yamal belgilab berdi. Ushbu yirik hisobli gʻalaba «Barselona»ga javob uchrashuvi oldidan jiddiy ustunlik beradi.

Parijda kechgan ikkinchi chorak final bahsida «Aston Villa» dastlab ustunlikni qoʻlga kiritdi. 35-daqiqada Morgan Rojers ingliz klubi safida hisobni ochdi. Biroq «PSJ» tezda oʻziga keldi: 39-daqiqada Desir Due tomonidan kiritilgan gol hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi boʻlimda mezbonlar ustunlikni oʻz qoʻliga oldi. 49-daqiqada Xvicha Kvaratsxeliya jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi, 87-daqiqada esa Nunu Mendesh tomonidan urilgan gol uchrashuv taqdirini hal etdi.

Ma’lumot uchun, chorak finalning javob uchrashuvlari 15-apreldan 16-aprelga oʻtar kechasi boʻlib oʻtadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Real» Londonda yiqildi, «Bavariya» oʻz uyida magʻlub boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek