Avtobus yo‘lagidan yurgan haydovchilar 1,125 ming so‘m jarima to‘laydi
eʼlon qilindi
Avtomobillarni piyodalar yo‘laklaridan haydaganlar ham jarimaga tortiladi

Avtomobillarni piyodalar yo‘laklari, velosiped yo‘laklari, trotuarlar va ularga tutash yashil hududlardan haydaganlar jarimaga tortiladi. Bu bo‘yicha 10-aprel kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi normalar kiritildi.
Endilikda haydovchilarning quyidagi harakatlari uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi:
- transport vositalarini piyodalar yo‘laklari, velosiped yo‘laklari, trotuarlar va ularga tutash yashil hududlardan haydash;
- yo‘l harakati qatnashchilari harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siq va qurilmalarni o‘rnatish;
- yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi mavjud yo‘llardan boshqa transport vositalarining harakatlanishi.
Shuningdek, yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan harakatlanganlar BHMning bir baravari – 375 ming so‘m miqdorida, ushbu huquqbuzarlikni bir yil ichida takroran sodir etish BHMning uch baravari 1,125 ming so‘m miqdorida jarima belgilanishiga sabab bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamaganlar 37 ming so‘m jarima to‘lashi haqida yozgandi.