Yangiliklar

ChatGPT endi suhbat tarixini eslab qoladi

Plus va Pro obunachilari uchun
ChatGPT endi suhbat tarixini eslab qoladi / Foto: Tom’s Guide

OpenAI kompaniyasi o‘zining ChatGPT chat-boti uchun yangi yangilanishni taqdim etdi. Endilikda u foydalanuvchi bilan bo‘lgan barcha avvalgi suhbatlar tarixini eslab qoladi va shu asosda aniqroq javoblar bera oladi.

Mazkur funksiya matn yozish, tavsiyalar olish yoki o‘qitish jarayonida ayniqsa foydali bo‘ladi. Tizim endi insonning qiziqishlari va afzalliklarini tahlil qilib, shaxsiylashtirilgan javoblar taqdim eta oladi.

Bugundan boshlab, ChatGPT foydalanuvchining barcha avvalgi suhbatlariga tayanib, yanada aniq va moslashtirilgan javoblar berishi mumkin. Bu imkoniyat 2025-yil 10-apreldan boshlab Plus va Pro obunachilari uchun mavjud.

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Norvegiya, Islandiya va Lixtenshteynda yashovchilar hozircha bu yangilanishdan foydalana olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OpenAI kompaniyasi va uning hammuassisi Ilon Mask o‘rtasida yirik huquqiy mojaro haqida yozgan edik.