Jetour X90 C-DM gibrid avtomobili sotuvga chiqarildi – narx

11-aprel 2025 12:25 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Chery Jetour X90 C-DM
Chery Jetour X90 C-DM gibrid modeli sotuvga chiqarildi / Foto: Jetour

Jetour Auto kompaniyasi oʻzining Jetour X90 C-DM modeli rasman bozorga chiqarilganini ma’lum qildi. Bu haqda ITHome narxi xabar bermoqda.

Tashqi ko‘rinish jihatidan avtomobil Jetour X90 PRO dizaynini takrorlaydi. Old qismida katta o‘lchamli radiator panjarasi joylashgan bo‘lib, u sharshara shaklidagi xrom bezaklar bilan to‘ldirilgan. Elita versiyasi 19 dyuymli, Lux versiyasi esa 20 dyuymli g‘ildiraklar bilan jihozlangan.

Avtomobil 10,25 dyuymli LCD displey va 15,6 dyuymli markaziy boshqaruv paneliga ega. U Qualcomm Snapdragon 8155 protsessori bilan jihozlangan.

Jetour
Foto: ITHome

Modelning o‘lchamlari 4862×1925×1784 mm bo‘lib, g‘ildirak bazasi 2850 mmni tashkil etadi. Avtomobil 2 pog‘onali DHT uzatmalar qutisi hamda 19,43 kVt/soat sig‘imga ega akkumulyator bilan jihozlangan. CLTC sinov uslubiga ko‘ra, uning sof elektr yurish masofasi 108 kilometrni tashkil etadi.

Modelning turli versiyalari va ularning narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin

Model versiyasiNarx
Jetour X90 C-DM Elite Edition$21,7 ming
Jetour X90 C-DM Luxury Edition$23,2 ming

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Chery kompaniyasi yangi Jetour T2 Extended yoʻltanlamasini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek