
Jetour Auto kompaniyasi oʻzining Jetour X90 C-DM modeli rasman bozorga chiqarilganini ma’lum qildi. Bu haqda ITHome narxi xabar bermoqda.
Tashqi ko‘rinish jihatidan avtomobil Jetour X90 PRO dizaynini takrorlaydi. Old qismida katta o‘lchamli radiator panjarasi joylashgan bo‘lib, u sharshara shaklidagi xrom bezaklar bilan to‘ldirilgan. Elita versiyasi 19 dyuymli, Lux versiyasi esa 20 dyuymli g‘ildiraklar bilan jihozlangan.
Avtomobil 10,25 dyuymli LCD displey va 15,6 dyuymli markaziy boshqaruv paneliga ega. U Qualcomm Snapdragon 8155 protsessori bilan jihozlangan.

Modelning o‘lchamlari 4862×1925×1784 mm bo‘lib, g‘ildirak bazasi 2850 mmni tashkil etadi. Avtomobil 2 pog‘onali DHT uzatmalar qutisi hamda 19,43 kVt/soat sig‘imga ega akkumulyator bilan jihozlangan. CLTC sinov uslubiga ko‘ra, uning sof elektr yurish masofasi 108 kilometrni tashkil etadi.
Modelning turli versiyalari va ularning narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin
| Model versiyasi | Narx |
| Jetour X90 C-DM Elite Edition | $21,7 ming |
| Jetour X90 C-DM Luxury Edition | $23,2 ming |
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Chery kompaniyasi yangi Jetour T2 Extended yoʻltanlamasini taqdim etgani haqida yozgan edi.