Dollarning rasmiy kursi oshdi

eʼlon qilindi
14-apreldan 11,95 so‘mga oshdi
Американский доллар
Foto: Ronak Ramnani / Unsplash

14-apreldan AQSh dollarining rasmiy kursi 11,95 so‘mga oshib, 12 980,33 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 905 – 12 950 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 975 – 13 040 so‘m oralig‘ida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 436,37 so‘mga oshib, 14 779,40 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 2,14 so‘mga oshib, 154,51 so‘mga teng bo‘ldi.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.   

Shuningdek