Jetour T2 Extended yo‘ltanlamasi haqida nimalar ma’lum

11-aprel 2025 07:43 eʼlon qilindi

(11-aprel 2025 14:09 yangilandi)
Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Jetour T2 Extended yo‘ltanlamasi haqida nimalar ma’lum / Foto: Jetour

Xitoyning Chery kompaniyasi yangi Jetour T2 Extended yo‘ltanlamasini taqdim etdi. Bu haqda IT Home nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, avtomobil 249 mm.ga uzunroq bo‘lib, bu asosan yukxonani kengaytirishga xizmat qilgan. Yetti o‘rinli bo‘lgan model 2+3+2 sxemasi asosida ishlab chiqilgan.

Foto: Jetour

Mashina 618 ot kuchiga ega gibrid dvigatelga ega bo‘lib, benzin bakini to‘ldirib 1300 kilometrgacha masofa bosib o‘ta oladi. Jetour T2 Extended uch xil rusumda taqdim etiladi: eng oddiy modeli faqat old g‘ildiraklar bilan harakatlanadi, qolgan ikki modeli esa maxsus XWD tizimi bilan barcha g‘ildiraklarga kuch uzatadi.

Yangi Jetour T2 Extended – kuch, qulaylik va oilaviy safarlar uchun mukammal tanlov. Uning narxi 199,9 ming yuandan (taxminan $27,3 ming) boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Volkswagen Touareg Ruiying Edition haqida yozgan edik.

Shuningdek