Markaziy bank Finlit.uz nomidan foydalangan firibgarlardan ogohlantirdi

eʼlon qilindi
Asl platforma pullik xizmatlarni taqdim etmaydi
firibgarlar
Markaziy bank Finlit.uz nomidan foydalangan firibgarlar haqida ogohlantirdi / Foto: Moritz Kindler / Unsplash

Finlit.uz onlayn platformasi nomidan ish olib borgan firibgarlar oʻzbekistonliklarning pullarini oʻgʻirlash holatlari aniqlandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Regulyator Finlit.uz portali aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida yaratilganini eslatdi. Shu bilan birga, portal kreditlar, to‘lov xizmatlari yoki naqd pul omonatlarini taklif etmasligi ta’kidlandi.

«Markaziy bank tomonidan tashkil etilgan moliyaviy savodxonlikni oshirishga doir oʻquv darslari, seminar-trening, mahorat darslari va Finlit.uz ning barcha loyihalari mutlaqo bepul hisoblanadi», – deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan firibgarlar Farrux Zokirovning soxta tasvirlaridan foydalanib koʻpchilikni chuv tushirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek