Nissan Qashqaiʼning keyingi avlodi toʻliq elektromobil boʻladi

11-aprel 2025 10:23 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Nissan Qashqai
Nissan Qashqaiʼning keyingi avlodi toʻliq elektromobil boʻladi / Foto: Depositphotos

Nissan Qashqai avtomobilining keyingi avlodi toʻliq elektromobil boʻlishini tasdiqladi. Bu haqda 32cars nashri xabar bermoqda.

Modelni ishlab chiqarish Sanderlenddagi zavodda davom etadi. Qashqai elektr Renault Megane, Scenic bilan bir xil texnologiyada ishlab chiqariladi.

Avtomobilning texnik xususiyatlari oshkor etilmagan. Aerodinamik dizayni va yangi haydovchi tizim yechimlari tufayli model 620 km.dan ortiq masofani taklif qilishi mumkin. Modelning narxi hozirgi versiya bilan bilan bir xil boʻlishi kutilmoqda. Yangi elektromobil 2027-yilgacha bozorga chiqishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nissan ishlab chiqarishning bir qismini AQShga koʻchirishi haqida yozgan edi.

Shuningdek