
11-aprel, juma kuni 5 grammli oltin narxi rekord darajaga – 6,8 million so‘mga yetdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, 10 va 20 grammli tilla quymalari narxi ham oshdi – mos ravishda 13,7 million va 27,5 million so‘mni tashkil etdi.
Bundan tashqari, regulyator 50 grammli oltin narxini 68,8 mln so‘m, 100 grammli quymaning narxini esa 137,6 mln so‘m etib belgiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston Markaziy banki fevral oyida eng koʻp oltin sotuvchiga aylangan edi.