O‘zbekistonda biznesga taqdim etilgan QR-kodlar soni 108 mingga yetdi

2024-yilda O‘zbekistonda «QR-online» tizimi orqali taqdim etilgan QR-kodlar soni 2023-yilga nisbatan 7 mingga oshib (2023-yilda 101 mingni tashkil etgandi), 108 mingga yetdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan 11-aprel kuni bo‘lib o‘tgan ommaviy axborot vositalari bilan muloqot chog‘ida ma’lum qilindi.
O‘tgan yilda QR-kodlar orqali 441,7 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan. Ushbu tizim tadbirkorlarga POS-terminallarsiz to‘lovlarni qabul qilish imkonini yaratib, xarajatlarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2023-yilda «QR-online» axborot tizimi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga taqdim qilingan QR-kodlar soni qariyb 101 ming donaga yetkazilib, unda amalga oshirilgan tranzaksiyalar hajmi qariyb 2,5 barobarga ortib 337 mlrd so‘mga yetgandi.
Markaziy bank tomonidan ilgari surilgan «QR-online» tizimi orqali to‘lovlar amalga oshirish imkoniyati kengaytirilib, foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida doimiy ravishda takomillashtirilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda ayrim kompaniyalar elektron to‘lov tizimlariga majburiy ulanishi haqida yozgandi.