Pekindan Toshkentga temir yoʻl yoʻnalishi ochildi
eʼlon qilindi
Birinchi poyezd asbob-uskunalar va dori-darmonlarni olib yuradi

Pekin – Markaziy Osiyo temir yoʻl yoʻnalishi 8-aprel kuni muntazam ravishda ishga tushirildi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
Oʻzbekistonga joʻnatilgan birinchi yuk 48,6 mlrd soʻm (28 mln yuan) qiymatidagi asbob-uskunalar, dori-darmonlar, velosiped qismlari va boshqa tovarlardan iborat.
Poyezd Xitoy – Qozogʻiston chegarasidagi Xorgos nazorat-oʻtkazish punktidan oʻtib, 10 – 12 kun ichida Oʻzbekiston poytaxtiga yetib keladi.
Pekin va Toshkent oʻrtasidagi qatnov haftada bir marta amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Ozon kompaniyasi Oʻzbekistonda ikki milliondan ortiq Xitoy tovarlari savdosini boshlab yuborgani haqida yozgan edi.