Yangiliklar

«Pobeda» Samarqand – Moskva reyslarini haftasiga 14 taga yetkazdi

2025-yil 22-apreldan boshlab
«Pobeda» aviakompaniyasi Samarqand – Moskva reyslarini haftasiga 14 taga yetkazdi / Foto: RBK

«Pobeda» aviakompaniyasi Samarqand – Moskva yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 14 ta reysni amalga oshiradi. Bu esa yo‘lovchilar uchun ushbu yo‘nalishda parvoz qilish imkoniyatlari yanada kengayadi, deya yozmoqda aviakompaniya matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, dushanba va payshanba kunlari soat 9:35 da, juma, shanba va yakshanba kunlari soat 4:10 da, har kuni esa soat 5:55 da parvozlar amalga oshiriladi. Shuningdek, seshanba va chorshanba kunlari ham qo‘shimcha reyslar tashkil etilib, ular ham soat 4:10 da uchadi.

Aviabiletlar aviakompaniyaning rasmiy sayti hamda Samarqand aeroportidagi tungi-kunduzgi kassalarda mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdan Krasnodarga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgan edi.