Probatsiyani amalga oshirishga koʻmaklashgan shaxslar ragʻbatlantiriladi
eʼlon qilindi
Ichki ishlar organlari xodimlari ham rag‘batlantiriladi

Probatsiyani amalga oshirishga koʻmaklashgan shaxslar ragʻbatlantirilishi mumkin. Bu haqda prezident farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra, probatsiyani amalga oshirishga koʻmaklashgan davlat organlarining xodimlari, mahalla, NNT va fuqarolar ragʻbatlantiriladi.
Shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlashda oʻzining munosib hissasini qoʻshgan ichki ishlar organlari xodimlari lavozim maoshining 1 baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik mukofot bilan taqdirlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan 2025 – 2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi tasdiqlangani haqida yozgan edi.