Surxon Arena uch yillik tanaffusdan so‘ng qayta foydalanishga topshirildi

eʼlon qilindi
Yangi stadion 10 599 tomoshabinga mo‘ljallangan
Surxon Arena
Surxon Arena uch yillik tanaffusdan so‘ng qayta foydalanishga topshirildi / Foto: Surxandaryo viloyati hokimligi

Termiz shahri markazida joylashgan «Surxon Arena» stadioni rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochildi. Bu haqda klub matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

2023 – 2025-yillar davomida bosh homiy Eriell Group kompaniyasi ko‘magida stadion zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Yangi stadion 10,5 ming tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, unda xalqaro talablarga javob beruvchi infratuzilmalar, tabiiy gazon bilan qoplangan maydon, FIFA standartlariga mos yoritish tizimi, kengaytirilgan tribuna va zamonaviy ichki inshootlar mavjud.

Endilikda «Surxon» klubi o‘zining asosiy o‘yinlarini yana ushbu stadionda o‘tkazadi. Bundan tashqari, bu yerda O‘zbekiston Kubogi doirasidagi uchrashuvlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, klub 1968-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda O‘zbekiston Superligasida ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Professional futbol ligasi vakillari stadionning yangi holatini yuqori baholab, uning infratuzilmasi zamonaviy talablarga to‘liq javob berishini alohida ta’kidlashdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Yunayted» 100 ming o‘ringa ega yangi stadion qurishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek