Toshkentda FinTech & Crypto Week 2025 forumi boʻlib oʻtadi

eʼlon qilindi
16 – 19-aprel kunlari
FinTech
Toshkentda FinTech & Crypto Week 2025 forumi boʻlib oʻtadi / Foto: Unsplash

Toshkentda 16 – 19-aprel kunlari FinTech & Crypto Week 2025 forumi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi(ILMA) xabar bermoqda.

Ushbu forum bilim va tajriba almashish uchun mintaqadagi eng yirik platforma boʻlib, raqamli toʻlovlardagi texnologik innovatsiyalar va moliyaviy xizmatlar kelajagi kabi muhim mavzularda oʻtkaziladi. Shuningdek, bank sektorida sun’iy intellekt, kripto-aktivlarni tartibga solish va Fintex sohasida kiberxavfsizlik kabi masalalar ham muhokama qilinadi.

Tabdir 16-aprel kuni Intercontinental Tashkent mehmonxonasida va 17 – 19-aprel kunlari Yoshlar ijodi saroyida boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, ALIPH va Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo uchun grant e’lon qilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek