WeChat va Alipay milliy to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilinadi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Muzokaralar boshlangan
WeChat va Alipay
WeChat va Alipay milliy to’lov tizimlari bilan integratsiya qilinadi / Foto: Chinaimages / www.depositphotos.com

Xitoyning WeChat va Alipay to‘lov tizimlari milliy to‘lovlar bilan integratsiya qilinishi mumkin. Bu haqda Markaziy bankda bo‘lgan matbuot anjumanida To‘lov tizimlari departamenti direktor o‘rinbosari Miraziz Mirhayotov ma’lum qildi.

Miraziz Mirhayotovning ta’kidlashicha, Xitoy to‘lov tizimlarini integratsiya qilish borasida texnik muzokaralar boshlangan va yaqin orada hal etilishi mumkin.

«Birinchi bosqichda xorijiy turistlar O‘zbekistonga kelganida to‘lovlarni muammosiz amalga oshirishi, ikkinchi bosqichda esa fuqarolarimiz Xitoyga borganda milliy to‘lov tizimlari orqali xarid qila olishi yuzasidan hozirda muzokaralar olib borilmoqda», – dedi Miraziz Mirhayotov.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bankning mobil ilovasi ishlab chiqilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek