Air Samarkand aviakompaniyasi Samarqanddan Tel-Avivga parvozlarni boshlaydi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Chiptalar narxi 3,3 million so‘mdan boshlanadi
                    
                            
Aviakompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Air Samarkand 2025-yil 4-maydan boshlab Samarqand va Tel-Aviv o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi.
Parvozlar haftada bir marta – har yakshanba kuni amalga oshiriladi. Chiptalar narxi 3,3 million so‘mdan boshlanadi.
Aviachiptalarni kompaniyaning rasmiy veb-sayti, O‘zbekiston Respublikasidagi sayyohlik agentliklari hamda Isroildagi rasmiy vakili – Asia Travel orqali xarid qilish mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Air Samarkand aviakompaniyasi o‘tgan yili 150 mingdan ortiq yo‘lovchilar tashigani haqida xabar bergan edi.
 
            