Husanov zaxirada qolgan o‘yinda «Manchester Siti» yirik hisobda g‘alaba qozondi

12-aprel 2025 18:34 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
"Manchester Siti"
Husanov zaxirada qolgan o‘yinda «Manchester Siti» yirik hisobda g‘alaba qozondi / Foto: Premierleague.com

APL 32-turida «Manchester Siti» safarda «Kristal Pelas»ga qarshi bahs olib borib, 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatni 5:2 hisobidagi g‘alabaga aylantirdi.

Uchrashuv 8-daqiqadayoq londonliklar foydasiga boshlandi – Eberechi Eze hisobni ochdi. 21-daqiqada esa Kris Richards hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Biroq 33-daqiqada Kevin de Bryuyne jarima zarbasidan ajoyib gol urib, hisobni qisqartirdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Omar Marmush hisobni tenglashtirdi – 2:2.

Ikkinchi bo‘lim boshida De Bryuynening aniq uzatmasidan keyin Mateo Kovachich «shaharliklar»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 56-daqiqada esa darvozabon Edersonning golli uzatmasidan so‘ng Jeyms Makeyti to‘pni darvozaga joyladi. Yakuniy nuqtani 79-daqiqada Niko O’Reyli qo‘ydi – 5:2.

De Bryuyne bir gol va bir assist bilan o‘zini ko‘rsatdi, Ederson esa darvozabon bo‘lishiga qaramay golli uzatma muallifiga aylandi. Pep Gvardiola shogirdlari g‘alaba bilan musobaqadagi peshqadamlik poygasida muhim ochkoga ega bo‘lishdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» «Lester» ustidan ishonchli gʻalabaga erishgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek