Leapmotor O‘zbekistonda o‘tkazilgan avtomobil testining natijalaridan shubhalandi

12-aprel 2025 13:56 eʼlon qilindi

(12-aprel 2025 21:48 yangilandi)
Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Aleksandr Ten

Aleksandr Ten

Muxbir a.ten@kursiv.media
Leapmotor C16. Фото: Unsplash

Xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchisi Leapmotor O‘zbekistonda avtomobillarning sertifikatlanishi to‘xtatilgani yuzasidan izoh berdi. Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan bayonotda kompaniya C16 avtomobilining tekshiruv natijalari bilan rozi emasligini ma’lum qilgan.

«Avtomobilni testga yuborishdagi holatlar va testlar qanday sharoitda o‘tkazilgani bizga noma’lum. Shu sababli biz test natijalari bilan rozi bo‘lmaslik huquqini o‘zimizda saqlab qolamiz», – deyiladi bayonotda.

Shuningdek, testga yuborilgan avtomobil ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilmagan bo‘lib, bu ham muhim omil sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.

Kompaniya mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikda ishlayotganini va testlarni takroriy o‘tkazish rejalashtirilayotganini bildirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Leapmotor muhandislari avtomobilni qayta sinovdan o‘tkazish uchun O‘zbekistonga kelishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek