Samsung Germaniyada One UI 7.0 yangilanishi uchun qurilmalar chiqarilish sanasini aniqladi

12-aprel 2025 17:18 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Samsung Germaniyada
Samsung Germaniyada One UI 7.0 yangilanishi uchun qurilmalar chiqarilish sanasini aniqladi / Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi Android 15 asosidagi One UI 7.0 dasturiy yangilanishini Germaniyada qachon va qaysi Galaxy qurilmalari olishini aks ettiruvchi ichki grafikani oshkor qilgan ko‘rinadi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

Texnobloger Tarun Vats ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirdi. U taqdim etgan tasvirga ko‘ra, yangilanishlar 2025-yil iyuligacha davom etadi.

Dastlabki bosqichda, aprel oyida Galaxy S24 seriyasi (S24, S24+, S24 Ultra) hamda yangi bukiladigan telefonlar Galaxy Z Fold 6 va Z Flip 6 yangilanishni oladi. May oyida esa Galaxy S23, S22, Fold 3–5, Flip 3–5 kabi modellarga navbat keladi. Galaxy Tab S8 va Tab S9 seriyalari ham aynan shu oy yangilanish oladi.

Iyun oyida o‘rta narx toifasidagi Galaxy A seriyasiga (A14, A15, A25, A33, A34, A53, A54, A55 va boshqalar), M seriyasiga, Tab S9 FE hamda XCover modellariga yangilanish tarqatiladi. Iyul oyida esa Galaxy Tab A9 yangilanishni qabul qiladi.

Bu ma’lumotlar hozircha faqat Germaniya uchun bo‘lsa-da, Samsung odatda bunday jadvalni boshqa Yevropa mamlakatlariga ham moslashtiradi. Shu sababli ushbu ro‘yxat boshqa hududlar uchun ham foydali yo‘lko‘rsatkich bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy XCover 7 Pro modelining taxminiy narxi ma’lum qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek