O‘zbekiston davlat obligatsiyalarining ikkilamchi bozorini rivojlantiriadi

Respublika Vazirlar Mahkamasi bu boradagi tegishli qarorni qabul qildi. Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda davlat obligatsiyalarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Mazkur hujjat Davlat budjeti tizimini modernizatsiya qilish, davlat xarajatlari va investitsiyalarining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, davlat qarzini boshqarish bo‘yicha uch yillik strategiyani joriy etish rejalashtirilmoqda.
Rejalarga ko‘ra, davlat obligatsiyalarining ikkilamchi bozorini qo‘llab-quvvatlash hamda qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar emissiyasini (chiqarilishini) yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, joriy yil sentabr oyidan boshlab O‘zbekistonda davlat qarziga oid ma’lumotlarni xalqaro PSDS statistik bazasida e’lon qilish rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Agat Credit yillik 29 foiz daromadlilik bilan obligatsiyalar savdosini boshlashi haqida xabar bergan edi.