O‘zbekiston xokkey terma jamoasi Armanistonga jo‘nab ketdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Toshkent xalqaro aeroportidan Yerevan tomon yo‘lga otlandi

O‘zbekiston xokkey terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi. 13 – 19-aprel kunlari Armaniston poytaxti Yerevanda bo‘lib o‘tadigan IV divizion bahslarida xokkeychilar mezbon Armaniston, shuningdek, Kuvayt, Indoneziya, Malayziya va Eron terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Kecha ertalab terma jamoa Toshkent xalqaro aeroportidan Yerevan tomon yo‘lga otlandi. O‘zbekiston Muz ustida xokkey federatsiyasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, terma jamoa musobaqada «Adidas» kompaniyasi tomonidan tayyorlangan maxsus ekipirovkalarda ishtirok etadi.
Avvalroq O‘zbekiston xokkey terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.