Qozog‘istonda o‘zbekistonlik futbolchi Shaxboz Umarov jarohat oldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ikki haftaga safdan chiqqan
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik futbolch
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik futbolchi Shaxboz Umarov jarohat oldi / Foto: fc Turan

Qozog‘istonning «Turon» futbol klubi o‘zbekistonlik asosiy futbolchisi Shaxboz Umarovdan vaqtincha ayrildi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, futbolchi mashg‘ulot vaqtida son qismidan jarohat olib, ikki haftaga safdan chiqqan.

Tibbiyot xodimlarining fikriga ko‘ra, futbolchi jarohatdan to‘liq tiklanishi uchun vaqt kerak bo‘ladi. Bu vaqt mobaynida u bo‘lajak uchrashuvlarda maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Umarov joriy mavsumda Qozog‘iston chempionatining 3 uchrashuvida ishtirok etib, 1 gol urdi va 2 golli uzatma berdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan U-17 chorak finalda O‘zbekiston BAAga qarshi maydonga tushishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek