Samsung Hindistonda Galaxy Tab S10 FE seriyasini savdoga chiqardi

Samsung Galaxy Tab S10 FE va Tab S10 FE+ planshetlarini Hindistonda rasman sotuvga chiqardi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.
Avvalroq qisqa muddatli oldindan buyurtma bosqichi yakunlangan edi. Endilikda foydalanuvchilar Samsung’ning elektron do‘konidan yangi qurilmalarni xarid qilishlari mumkin.
Galaxy Tab S10 FE seriyasi Fan Edition turkumiga mansub bo‘lib, Exynos 1580 protsessori, Android 15 va One UI 7 operatsion tizimi bilan ta’minlangan. Ikkala planshet ham yon tomonga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, 13 MP orqa va 12 MP old kamera, Bluetooth 5.3, Wi-Fi 6e, hamda 45 Vt tez quvvatlanish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Displey tafsilotlari:
- Tab S10 FE: 10,9 dyuymli IPS LCD, 1440 x 2304 pikselli, 90 Gts.
- Tab S10 FE+: 13,1 dyuymli IPS LCD, 1800 x 2880 pikselli, 90 Gts.
Samsung Hindistonda turli chegirmalar va bonuslar bilan sotuvni faol reklama qilmoqda. HDFC banki orqali to‘lov qilgan xaridorlar 4000 INR ($46) chegirma, Samsung Axis Bank kartasi bilan esa 10% cashback oladi. Shuningdek, Referal Advantage dasturi orqali Keyboard Cover’ga 25% chegirma mavjud.

Galaxy Tab S10 FE va FE+ planshetlari ochiq ko‘k, kulrang va kumush ranglarda taqdim etilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Galaxy Tab S9 Ultra aslida kimlar uchun mo‘ljallanganligi haqida yozgan edi.