Toshkentda 12 − 13-aprel kunlari umumxalq hashari o‘tkaziladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Barcha tumanlarda aholi faol ishtirok etishga chaqirildi
Toshkentda 12 − 13-aprel kunlari umumxalq hashar o‘tkaziladi / Foto: allaserebrina / www.depositphotos.com

Toshkent shahri hokimligi 12 − 13-aprel kunlari hashar o‘tkazilishini e’lon qildi. Tadbirda ko‘p qavatli uylar atrofi, jamoat joylari tozalanadi. Hovlilar obodonlashtirilib, daraxt ekish ishlari amalga oshiriladi.

Shahar hokimiyati hasharni umumshahar miqyosida tashkil etishni rejalashtirgan. Barcha tumanlarda aholi faol ishtirok etishga chaqirildi.

«Hashar tozalik va hurmat ramzidir», – deyiladi rasmiy bayonotda. Hokimiyat bu tashabbusni shahar obodligi uchun muhim deb hisoblaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent koʻchalaridan birida transport harakati cheklanishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek