Malayziya kompaniyasi Oʻzbekistonda kichik GESlar qurishni koʻrib chiqmoqda

eʼlon qilindi
Daryo va kanallarda
Foto: «Dunyo» AA

Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gʻadoyev Kuala-Lumpurda Malayziyaning eng yirik mustaqil energiya ishlab chiqaruvchilaridan biri Malakoff Corporation Berhad bosh ijrochi direktori Anvar Shaxrin Abdul Ajib bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Muzokaralarda Oʻzbekistonda «yashil» energiya, ayniqsa gidroenergiya sohasida mavjud ulkan salohiyat taqdim etildi. Malayziya tomoniga O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik gidroelektr stansiyalar (GES) qurish, shuningdek, yirik quvvatli gidroinshootlarni barpo etish boʻyicha hamkorlik qilish taklifi bildirildi.

Anvar Shaxrin Abdul Ajib oʻz nutqida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan energetika islohotlari katta taassurot qoldirganini aytib, kompaniya joriy yilda Oʻzbekistonga safar qilib, loyihalarni oʻrganish niyatida ekanini bildirdi.

1975-yilda tashkil etilgan Malakoff Corporation Berhad kompaniyasi elektr energiyasi ishlab chiqarish, shoʻr suvni chuchuklashtirish, texnik xizmat koʻrsatish va chiqindilarni boshqarish kabi yoʻnalishlarda faoliyat yuritadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyatida 29 ta kichik va mikro GES qurilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek