Piskentda avtomobillar tekshiruvdan oʻtkazilmoqda – UzTest

eʼlon qilindi
Tashkilot tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
полигон
Piskentda avtomobillar tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Foto: Romaset/Depositphotos

Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi (UzTest) Piskentdagi poligonda avtomobillar tekshirilmayotgani yoki nomiga tekshirilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Tarmoqlarga sizdirilgan videoda 2024-yilning noyabr oyidagi holat aks etgan boʻlib, u hozirgi tekshiruvlar bilan mutlaqo bogʻliq emasligini ma’lum qilamiz», – deyiladi bayonotda.

Piskent poligonidagi avtomobillarni tekshirish hukumat qarori va BMT reglamenti asosida olib borilmoqda. Ushbu hujjatlar asosida respublikada yengil avtomobillar elektromagnit moslikka tekshiriladi.

Bugungi kunda respublikaga 71 ta avtomobil ishlab chiqaruvchisining avtomobillarini olib kirishga ruxsat berilgan.

Markaz oʻzbekistonliklarga avtomobillar va ularning ehtiyot qismlarini Oʻzbekistondagi rasmiy dilerlardan sotib olish tavsiya etilishini eslatdi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning noyabr oyidan boshlab Oʻzbekistonda olib kirilayotgan avtomobillar Piskentdagi poligonda tekshirilmoqda. Bungacha tekshiruvlar bojxonada oʻtkazilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyning Leapmotor kompaniyasi Oʻzbekistonda avtomobilni sinovdan oʻtkazish natijasiga shubha bilan qarayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek