Shahram Gʻiyosov professional boksdagi 17-gʻalabasini qo‘lga kiritdi – video

eʼlon qilindi
17-jangida
Shahram Gʻiyosov professional boksdagi 17-gʻalabasini qo‘lga kiritdi / Foto: Getty Images

Oʻzbekistonlik professional bokschi Shahram Gʻiyosov AQSHning Nyu-Jersi shtatida joylashgan Atlantik-Siti shahrida argentinalik raqibi Franko Maksimiliano Okampo bilan jang qildi.

10 raundga moʻljallangan jang 4-raundda yakun topdi. Dastlabki raunddayoq Franko Okampo nokdaunga uchradi, biroq raund tugashi uni vaqtincha qutqarib qoldi. 4-raundda esa Shahram Gʻiyosovning ketma-ket va kuchli zarbalari raqibga jiddiy ta’sir koʻrsatdi. Referi hisobni ochdi, ammo argentinalik bokschi oʻziga kela olmagach hakam jangni toʻxtatishga majbur boʻldi.

Shu tariqa Shahram Gʻiyosov professional faoliyatidagi 17-jangida 17-gʻalabani qoʻlga kiritdi va bu gal ham raqibini nokaut bilan magʻlub etdi.

Jangdan soʻng jurnalistlar Gʻiyosovdan oilasida yuz bergan judolik haqida soʻrashdi. Bu savol bokschini hayajonga soldi va u koʻz yoshlarini tiya olmadi. Gʻiyosov intervyu davomida qiziga jahon chempioni boʻlishga va’da berganini va imkon berilsa, bu maqsad sari bor kuchi bilan harakat qilishini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shahram Gʻiyosov ayiq bilan mashgʻulot oʻtkazgani uchun uzr soʻragani haqida xabar berdi.

Shuningdek