Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezildi
eʼlon qilindi
Tog‘li Badaxshon hududida yer silkinishi sodir bo‘ldi

Bugun, 13-aprel kuni soat 09:24 da Tojikistonning Tog‘li Badaxshon hududida yer silkinishi sodir bo‘ldi. Zilzilaning magnitudasi 5,8 ballni tashkil etib, yerosti silkinishlari 10 km chuqurlikda qayd etildi.
Zilzila episentri Toshkent shahridan 266 km janubiy-sharqda, koordinatalar: 39,16° shimoliy kenglik va 70,71° sharqiy uzunlikda joylashgan.
Episentrda yer silkinishi 7 ball kuch bilan sezilgan bo‘lsa, O‘zbekistonning bir qancha hududlarida ham zilzila kuchi quyidagicha qayd etildi:
- Farg‘ona viloyatida – 3 ball;
- Namangan viloyatida – 2-3;
- Sirdaryo viloyatida – 2-3 ball;
- Andijon viloyatida – 2-3 ball;
- Jizzax viloyatida – 2 ball;
- Toshkent shahrida – 2 ball.
- Samarqand viloyatida – 2 ball;
- Surxondaryo viloyatida – 2 ball.
Ayni vaqtda zilzila oqibatlari haqida rasmiy ma’lumotlar berilmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning ayrim hududlarida ham sezilgani haqida xabar bergan edi.