14-aprel kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

14-aprel kuni O‘zbekiston hududida biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya ma’lum qildi «O‘zgidromet».
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 24-26 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 darajani tashkil etadi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi hamda ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq ehtimoli mavjud. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari ehtimoli mavjud. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.