Oʻzbekistonda eng ommabop boʻsh ish oʻrinlari qaysilar
eʼlon qilindi
Savdo va mijozlarga xizmat ko‘rsatish vakansiyasida 6,1 mln maosh taklif etilgan

2025-yilning butun mart oyi uchun hh.uz saytida eʼlon qilingan eng ommabop mutaxassisliklar e’lon qilindi. Faol vakansiyalarning 17,1 foizi savdo va mijozlarga xizmat koʻrsatish sohasiga toʻgʻri kelgan.
Marketing, reklama, PR esa umumiy e’lonlarning 11,9 foizini tashkil etdi. Batafsil jadvalda tanishishingiz mumkin.
Faoliyat turi | E’lonlar foizda | O‘rtacha maosh (soʻmda) |
Savdo, mijozlarga xizmat ko‘rsatish | 17,1% | 6 060 491 |
Marketing, reklama, PR | 11,9% | 6 705 752 |
Sport klublari, fitnes, go‘zallik salonlari | 9,1% | 6 442 233 |
Avtomobil biznesi | 7,1% | 7 111 111 |
Turizm, mehmonxonalar, restoranlar | 5,2% | 4 666 804 |
Moliya, buxgalteriya sohasida taklif etilgan oʻrtacha ish haqi deyarli 7 mln soʻmni tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz, «Kursiv» nashri Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada fuqarolarni ishga joylashtirish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari koʻpayayotgani haqida yozgan edi.