
Andijon shahrida fuqaro chorrahalaridagi 51 ta yo‘l harakati qoidalari buzilganligini aniqlovchi kuzatuv kamerasi va bitta radar kompleksini pnevmatik miltiq yordamida o‘qqa tutdi. Bu haqda Andijon viloyati IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Andijon shahrida 52 ta radar kamerani tosh bilan urib sindiribdi» sarlavhasi ostida tarqalgan videoxabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Aniqlanishicha, 1976-yilda tug‘ilgan fuqaro aniqlovchi Hikvision rusumidagi 51 ta avtomatik foto va videokuzatuv tizimini hamda ushbu markadagi bitta radar kompleksini ataylab ishdan chiqargan. Ushbu uskunalar Andijon shahrining 29 ta chorrahasiga o‘rnatilgan bo‘lib, «Telecom soft» MChJga tegishli.
Jinoyat sodir etishda ushbu shaxs o‘ziga tegishli «Srket» rusumidagi pnevmatik miltiqdan foydalangan. Natijada jami miqdorda 1,147 mlrd so‘m moddiy zarar yetkazgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda rossiyaliklarni aldab kelgan Call-markazlar tarmog‘i fosh etilgani haqida yozgandi.